Biz sizning buxgalteriya va soliq ishlaringizni yuritishingizda o’z vaqtidagi yordamimizni
eng yuqori darajada ta’minlashga tayyormiz
Biz buxgalteriya, soliq maslahati va audit xizmatlarini taklif qilamiz.
UzR qonunchiligida nazarda tutilgan, barcha tashkiliy-huquqiy shakldagi ,barcha tarmoq tashkilotlariga mamnuniyat bilan xizmat ko’rsatamiz.
Xizmat narxi Korxonangiz buxgalteriya hisobi holati dastlabki ekspertizasidan kelib chiqqan holda o'zaro kelishuv asosida belgilanadi.To’lov shakli-pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Autsorsing - bu ingliz tilidagi ikki so'zning birlashuvidan kelib chiqqan so'z:”out” - "tashqi" va “source” - “manba”. Autsorsing - kompaniyaning ishlab chiqarish yoki boshqa biznes jarayonlarining bir bo’lagini (asosiy ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan, ammo ko’p vaqt va e’tibor talab qiladigan qismini) ushbu sohada mutaxassis bo'lgan (shu ishga ixtisoslashgan) boshqa kompaniyaga o’tkazishdir.Epizodik ahamiyatga ega bo’lgan bir martalik ish bajarib berish bu autsorsing emas, autsorsingda odatda xizmat muntazam bajarib boriladi, uzoq muddatga shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Audit – bu tijorat faoliyati bo’lib, bunda maxsus sertifikatlangan mutaxassislar-auditorlar korxona moliyaviy ahvolini o’rganib, uni baholaydilar va kerakli tavsiyalarni beradilar.Audit ichki va tashqi bo’lishi mumkin, tashqi audit o’z navbatida ixtiyoriy va majburiy turlarga bo’linadi.Audit so’zi lotincha “Audit” – “eshitaman” so’zidan olingan.
Soliq konsaltingi - bu kompaniyaning moliyaviy va biznes faoliyati davomida amalga oshiradigan operatsiyalarining soliq oqibatlari va soliq tavakkalchiligini, buxgalteriya hisobi va soliq hisobini yuritishning to'g'riligini va asosiy biznes operatsiyalarini hisobga olishning to'g'riligini hisobga olgan holda soliq nuqtai nazaridan maslahat berish..