Biz haqimizda

Tashkilotimiz haqida

"SMART CONSULTING GROUP" MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti "TAX MASTERS” (2014-2015 yillar) soliq maslahatchilari tashkiloti negizida tashkil etilgan va 2015 yil 16 martda №34 bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta ro'yxatdan o'tkazilgan. Ustav fondi 250 000,0 ming so'm. 4 yildan beri faoliyat yuritadi. «KAFOLAT» DASK AJ ning № 14/13-01 sonli 2016 yil 14 apreldagi 15,0 mln. so'mlik sug'urta polisi mavjud.

Faoliyat yo’nalishlari

Buxgalteriya xizmatlari:

• Buxgalteriya hisobini yuritish;

• Buxgalteriya hisobini tiklash;

• Hisobotlarni tayyorlash,soliq organlari va statistika organlariga elektron shaklda taqdim etish;

• Buxgalteriya va moliyaviy faoliyatning muayyan masalalari bo'yicha maslahat berish va tavsiyalar ishlab chiqish;

• Buxgalteriya hisobi va soliq maqsadlarida hisob siyosatini ishlab chiqish;

• Korxonalarni ro'yxatdan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish, tugatish ishlariga ko'maklashish;

• Moliyaviy hisobotlarni BXMSdan MXXSga o'girish (transformasiya);

• PKM № 207 ga muvofiq, SAK (samaradorlikning asosiy ko'rsatkichlari) ni hisoblash;

• Biznes-reja ishlab chiqish;

Soliq maslahati xizmatlari:

• soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash va to'lash tartibi hamda usullari bo'yicha maslahatlar;

• amaldagi moliyaviy-iqtisodiy faoliyat davomida yuzaga keladigan alohida xo’jalik operasiyalarini soliqqa tortish bo'yicha maslahatlar;

• Soliqlarni optimallashtirish bo'yicha maslahatlar;

• Soliq organlari tomonidan tekshiruvlar davomida yuridik yordam;

Mijozlarimiz

«SMART CONSULTING GROUP» SMT MCHJ mijozlari - sanoat, qurilish va savdo tashkilotlari, transport, aloqa va tibbiyot sohasi korxonalari va boshqalar bo’lib, xususan, quyidagi tashkilotlarga muvaffaqiyatli xizmat ko'rsatib kelmoqda:

“Uztransgaz” AK, УT "JANUBGAZTA`MINOT", АJ "O`ZBEKGEOFIZIKA", АJ "GIDROPROEKT", АJ "CHORSU BUYUM SAVDO KOMPLEKSI", DUK "TRANSYO`LQURILISH", DUK "MA'MURIY BINO MAXSUS SERVIS", DK "Маъмурий бинолардан фойдаланиш бошкармаси", DAJ "Burg'ilash va portlatish ishlari maxsus boshqarmasi", “159- КУРИЛИШ ТРЕСТИ”, "KAMOLOT" fondi Toshkent shahar Kengashi, DUK "DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH MARKAZI", ГУП "YOSHLAR MADANIYAT VA SAN`AT MARKAZI", CHK "VALESSIO COSMETICS", CHK "BRAVO PHARMA", QK "FATIH LAZZAT MAYA", QK "BRAVO PHARMACEUTICAL", СП "ECLAIR COSMETIC", QK "EKO PROM STANDART", ОК "Stable Visitors", MCHJ "TRANSYO`LQURILISH MAXSUS PUDRAT", MCHJ "TRANSYOLQURILISH MAGISTRAL", MCHJ "ТРАНСЙУЛКУРИЛИШ СУРХОН МАГИСТРАЛ" MCHJ "AGROTEX PAXTA MTP", MCHJ "Ays Millenium", MCHJ "CORE ENGINEERING", MCHJ "DUKAT GROUP", MCHJ "EUROSTYLE OPTICAL", MCHJ "FASHION STAR TEXTILE", MCHJ "G`UNCHA MED SERVIS", MCHJ "GENESIS TRADE", MCHJ "LANDMARK REALTY", MCHJ "MASHIMPORT", MCHJ "MERCURY TRADE GROUP", MCHJ "MODERN LIFT SYSTEMS", MCHJ "RAIN SEN DA", MCHJ "SAPSAN-M", MCHJ "Sharq Darmon", MCHJ "SPREY EFFECTION", MCHJ "YUAN DONG PRODUCTION" MCHJ "С.U.СORPORATION" va boshqalar. Mijozlar va soliq xizmati organlari tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar bo’yicha shikoyatlar hozircha yo’q.

Mutaxassislar

Soliq va buxgalteriya maslahat xizmatlarini sifatli va o’z vaqtida bajarilishi uchun tashkilotimizda soliq maslahati, audit, buxgalteriya sohasida yuqori malakali mutaxassislar mehnat qiladi:

Sertifikatlangan auditorlar - 3 (Xolmirzayev A.A., Berdiyev F.V., Baratov O.);

Soliq maslahatchilari - 3 (Xolmirzayev A.A., Berdiyev F.V., Baratov O.);

CIPA (Certified International Professional Accountant) - 1 (Berdiyev F.);

PFM (Professional Financial Manager) - 1 (Berdiyev F.V.) CAP (Certified Accounting Practitioner) - (Xolmirzayev A.A., Berdiev F.V., Baratov.O., Aslanov O’., Muhiddinov M., Ishniyazov O., Ergashev N.)

Biznes hamkorlarimiz

Tashkilot yetakchi auditorlik tashkilotlari va konsalting firmalari bilan biznes hamkorlikni amalga oshiradi:

- “FTF-LEA-Audit” MChJ auditorlik tashkiloti;

- “OSIYO-AUDIT” MChJ auditorlik tashkiloti;

- “ORIENT AUDIT GROUP” MChJ auditorlik tashkiloti;

- “IQTIDOR - AUDIT – INFORM” MChJ auditorlik tashkiloti;

- "WONJIN CONSULTING" MChJ soliq maslahatchilari tashkiloti;

- «Xalqaro Buxgalteriya va audit markazi» O'quv Markazi. O'quv markazi CIPAEN xalqaro dasturi asosida buxgalterlar va auditorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ta'minlaydi.