None
O’zbekiston Respublikasida sud hujjatlari va boshqa
organlar hujjatlarini majburiy ijro etish tartibi 2001-yil 29-avgustda qabul
qilingan 258-II-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
to’g’risida” Qonuni bilan tartibga solinadi. Shuningdek, mazkur munosabatlarda
O’zbekistob Respublikasi Markaziy bank boshqaruvining 2020-yil 13-apreldagi Adliya
vazirligidan 3229-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “O’zbekiston Respublikasida
naqd pulsiz hisob-kitob to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risidagi qarori
bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi
Nizom qoidalari ham zarur bo’ladi.
Mazkur Qonunning 82-moddasi
1-qismiga ko’ra ijro etuvchi organlar sifatida Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiy ijro organlari majburiy ijro etuvchi organ hisoblandi.
Undiruvchi qarzdor
yuridik shaxsdan pul mablag’larini undirish to’g’risidagi ijro hujjatini Majburiy
ijro organiga majburiy ijro etish uchun tadqim etayotganda, ijro hujjatining
asl nusxasi bilan bir qatordan ijro hujjati qarzdorning xizmat ko’rsatuvchi bankiga
ijrosini ta’minlash uchun taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova
qilishi lozim. [Asos: Qonunning 83-modda 1-qism 1-bandi]. Mazkur hujjat
ilova qilinmaganda ijro hujjati Majburiy ijro organi tomonidan qaytariladi.
Amaliyotdan mazkur normaning ishlash mexanizmi
quyidagicha.
Misol uchun “AAA” MCHJ va “BBB” AJ o’rtasidagi iqtisodiy
nizo natijasidan sud “AAA” MCHJ foydasiga “BBB” AJ dan 100 mln so’m miqdorda
pul mablag’larini undirish to’g’risida hal qiluv qarori qabul qildi deylik. Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan
keyin sud tomonidan undiruvchi (“AAA” MCHJ) ga ijro varaqasining asl nusxasi beriladi.
Iqtisodiy protsessual kodeksining 335-moddasiga ko’ra ijro varaqasi undiruvchiga
sud hujjatini majburiy ijro etish huquqini taqdim etuvchi hujjat, ya’ni ijro
hujjati hisoblanadi. “AAA” MCHJ ijro varaqasini olgandan keyin, quyidagi
harakatlarni amalga oshiradi:
1. Inkasso topshiriqnomasini tayyorlash bosqichi. Avvalo,
mazkur ijro varaqasidagi ma’lumotlar asosida 3 nusxada inkasso topshiriqnomasi
to’ldiradi; Inkasso topshiriqnomasi Jamiyatning direktori va bosh buxgalteri,
agar bosh buxgalteri bo’lmasa bank operatsiyalari bo’yicha ikkinchi imzo huquqi
berilgan shaxs tomonidan imzolanib, Jamiyatning muhri bosiladi.
2. Inkasso topshiriqnomasini tasdiqlatish
bosqichi. Inkasso topshiriqnomasi undiruvchining, ya’ni jamiyatning xizmat
ko’rsatuvchi banki tomonidan topshiriqnoma rekvizitlari to’g’ri ekanligi
tekshirilgach, bankning ma’sul xodimga biriktirilgan shtampi bilan
tasdiqlanadi.
3. Inkasso topshiriqnomasini topshirish bosqichi. Shundan
so’ng, “AAA” MCHJ qarzdor “BBB” AJ banki nomiga (odatda boshqaruvchisiga) inkasso
topshiriqnomasini ijro etish uchun qabul qilish va ijro etilganligi yuzasidan
javob xati berish to’g’risida xat yozadi. Mazkur xat direktor tomonidan imzolanib
jamiyat muhri bilan tasdiqlanadi. Agar mazkur xat jamiyat vakili tomonidan
imzolanadigan bo’lsa, unga berilgan ishonchnomada aynan shu mazmundagi xatni
yozish va imzolash vakolati maxsus nazarda tutilgan bo’lishi lozim. Odatda
mazkur tartibga roiya qilmasdan taqdim etilgan inkasso topshiriqnomalar bank
tomonidan qaytariladi.
4. Inkasso topshiriqnomasini bankka taqdim qilish
bosqichi. inkasso topshiriqnomasini ijro etish uchun qabul qilish va ijro
etilganligi yuzasidan javob xatga ijro varaqaning asl nusxasi va inkasso
topshiriqnomasining asl nusxasini ilova qilingan holda qarzdorning bankiga direktor
tomonidan olib borilishi lozim bo’ladi. Agar mazkur hujjatlar jamiyat vakili
tomonidan olib borib topshirilsa, uning ishonchnomasida inkasso topshiriqnomasini
ijroga topshirish vakolati alohida nazarda tutilgan bo’lishi lozim.
5. Inkasso topshiriqnomasini ijro etish bosqichi. qonunchilikka
muvofiq qarzdorning banki inkasso topshiriqnomasini u olingan kudan keyingi kundan
kechikirmay ijro etishi lozim. Agar qarzdorning hisobvarag’ida pul mablag’lari
yo’qligi yoki yetarli emasligi sabab topshiriqnomni ijro etish imkoni bo’lmasa,
bank xodimi tomonidan inkasso topshiriqnomasining orqa tarafiga bu holati qayd
qilib, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
6. Inkasso topshiriqnomasini ijro etish imkoni bo’lmaganda
qaytarish. Agar inkasso topshiriqnomasini qarzdorning hisobvarag’ida mablag’
yo’qligi sabab to’liq yoki qisman ijro etish imkoni bo’lmaganda, undiruvchi qarzdorning
bankiga ijro varaqa va inkasso topshiriqnomasini ijrosiz qaytarish to’g’risida
xat yuboradi. Bunga javoban bank inkasso topshiriqnomasini ijro etishning
imkoni bo’lmaganligi to’g’risida javob xatini ijro varaqaning asl nusxasi,
inkasso topshiriqnomasining asl nusxasi bilan birga undiruvchiga yuboradi.
7. Ijro hujjatini majburiy ijro etish uchun taqdim
qilish. Ijro varaqaning asl nusxasini qabul qilib olgan undiruvchi ijro
varaqani majburiy ijro etish to’g’risida tegishli Majburiy byuro organiga ariza
yozadi va unga ijro varaqasing asl nusxasini, bank tomonidan ijro varaqasi va
inkasso topshiriqnomasi ijro etish uchun qabul qilinganligi, shuningdek, uni
ijro etishning imkoni bo’lmaganligi to’g’risidagi javob xatlarini ilova qiladi.
8. Ijro ishi yuritishning boshlanishi. Majburiy byuro
organi ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risida qaror qabul qiladi va qaror nusxasini
undiruvchiga ham yuboradi (agar undiruvchi arizani barcha talablarga rioya
etgan holda bergan bo’lsa)
9. Majburiy ijro etish bosqichi. Bunda barcha ijro
harakatlari davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi va qarzdordan pul
mablag’larini undirishning qonun yo’lq qo’ydigan barcha choralari ko’riladi.